"Valensiya" – Vinisius uchun qulay raqib
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Valensiya”ni yana xafa qildi.
Kechagi o'yinning 30-daqiqasida “ko'rshapalaklar” kutilmaganda 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, biroq tanaffusga qadar qulay ustunlikni saqlab qola olishmadi – Vinisius qo'shib berilgan vaqtning beshinchi daqiqasidayoq hisobni tenglashtirib qo'ydi.
Opta xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi La Ligada "Valensiya"ga qarshi o'nta o'yinda ettita gol urgan - bu Ispaniya chempionatidagi boshqa jamoalardan ko'p natijani bildiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!