Bellingem bir nechta o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Valensiya”ga qarshi o'yin yakunlanganidan so'ng maydondan chetlatildi.
"Los-Blankos"ning so'nggi hujumida ingliz futbolchisi gol urdi, biroq uning goli oldidan final hushtagi yangragani uchun gol hisoblanmadi.
Janjal kelib chiqdi va hakamning qaroriga shiddatli munosabatda bo'lgan Bellingem qizil kartochka oldi.
Diario AS xabariga ko'ra, yarim himoyachi bir nechta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin - hukm hakamning hisobotdagi xulosasiga bog'liq bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!