"PSJ" sardori qachon maydonga qaytadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"PSJ" markaziy himoyachisi Markinos jarohatidan so'ng safga qaytishga yaqin turibdi.
Parijliklar sardori jarohati tufayli jamoaning Liga 1dagi so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yubordi, shuningdek, Chempionlar ligasi 1/8 finalining "Real Sosedad"ga qarshi javob o'yinida ham maydonga tushmaslik xavfini tug'dirdi. Le Parisen nashrining yangilangan xabarlariga ko'ra, braziliyalik futbolchi yakshanba kuni mashg'ulotlarga qaytishi kerak. U bask jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin uchun tarkibga kiritilishini kutmoqda.
"Real Sosedad" - "PSJ" uchrashuvi 5 mart kuni bo'lib o'tadi. Ikki hafta oldin Parijda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvda Luis Enrike shogirdlari g'alabani tantana qilishgandi - 2:0.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!