Arteta: "Og'ir oqshom bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining 27-turidan o'rin olgan “Arsenal” – “Sheffild Yunayted” uchrashuvidan kutganlari haqida gapirdi.
“Avvalo, siz o'yinlarda g'alaba qozonishga ishonishingiz kerak. "Arsenal" raqib darvozasi oldida shafqatsiz va samarali bo'lishni xohlaydi va menimcha, biz oxirgi paytlarda juda yaxshi o'ynadik.
"Sheffild Yunayted"ni mag'lub etish juda qiyin. Har bir jamoa bilan to'qnashishdan oldin biz ularning kuchli va zaif tomonlarini ko'rib chiqamiz va o'z o'yinimizni raqibga singdirishga harakat qilamiz, lekin takrorlayman men "Sheffild Yunayted"ni juda yaxshi bilaman. Men ularni o'rgandim. Sizga aytaman, bu juda qiyin o'yin bo'ladi.
Dushanba oqshomida chiroyli futbol bo'ladi va bu og'ir oqshom bo'ladi", - deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Londonning "Arsenal" rasmiy sayti.