Fayzullaev: "Sakkizinchi o'rin bizning darajamiz emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Abbosbek Fayzullaev TsSKAning Rossiya chempionatidagi o'rni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizga barqarorlik va konsentratsiya etishmayapti – yakunda ko'p gol o'tkazib yubordik. Sakkizinchi o'rin bizning darajamiz emas, birinchi davra tugashiga ikki tur qolganda biz yuqorida edik.
Bizda yaxshi tarkib bor – bu bizga chempionlik uchun kurashish imkonini beradi. Chalov, Oblyakov, Davila, Rocha bor - barcha futbolchilar juda zo'r. Akinfeev - afsona. Shunday bo'ladiki, mashg'ulotlarda unga qarshi gol urishning iloji yo'q”, - dedi hamyurtimiz.
18 turdan keyin 28 ochko jamg'argan TsSKA birinchi o'rindagi “Krasnodar”dan 10 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!