Arteta: "Timber hali ham jamoaning bir qismi bo'lishga tayyor emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Londonning "Arsenal" jamoasi ustozi Mikel Arteta o'z jamoasi himoyachisi Yuren Timberning tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi. Avvalroq Timber o'z klubi bilan mashg'ulotlarni boshlagani va hatto umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
"U hali ham jamoaning bir qismi bo'lishga tayyor emas, lekin xodimlar uning munosabati va fidoyiligidan juda mamnun. Uning formasi juda yaxshi", - dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, Timber "kanonirlar" safida Premer-ligadagi birinchi davrasida tizzasidan jarohat olib, maydonni tark etgandi. Bu avgust oyida, “Arsenal” o'z maydonida “Nottingem Forest”ni qabul qilganda (2:1) yuz berdi. O'shandan beri Timber klub safida o'ynamadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!