O'runov Eronda o'z debyutini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Eron chempionatining 18-turidan o'rin olgan “Persepolis” – “Zob Ohan” uchrashuvi “Fulad Shahr” stadionda bo'lib o'tdi. Mehmonlar safiga ko'chib o'tgan tajribali hujumchimiz Oston O'runov uchrashuvni zaxiradan boshladi.
O'yinning 9-daqiqasida mehmonlar vakili Georgiy Gvelesiani tomonidan penaltidan urilgan gol “Persepolis” g'alabasini ta'minladi.
Hamyurtimiz 66-daqiqada maydonga tushdi va samarali harakat qildi.
Ushbu g'alabadan so'ng O'runov jamoasi 36 ochko to'plab, 2-o'rinda bormoqda. Eronning “Istiqlol” jamoasi jadvalda 39 ochko bilan etakchilik qilmoqda.
“Zob Ohan” – “Persepolis” 0:1
Gol: Gvelesiani (9, penalti)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!