Nasri «Vest Xem» bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28507
Angliyaning "Vest Xem" klubi yarim himoyachi Samir Nasri bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
31 yoshli futbolchi so'nggi bir necha haftadan beri jamoa bazasida shug'ullanayotgandi. U klub bosh murabbiyi Manuel Pellegrinining ishonchini qozondi. Natijada "bolg'achilar" frantsiyalik futbolchi bilan ushbu mavsum oxirigacha shartnoma imzolashdi. Nasri "Vest Xem"ning muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan bo'lsa, u bilan shartnoma uzaytirilishi mumkin. Samir 18-raqamli futbolkada harakat qiladigan bo'ldi.
Ma'lumot o'rnida. Samir Nasri doping iste'mol qilgani uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilingandi. Uning so'nggi jamoasi Turkiyaning "Antalyaspor" klubi bo'lgandi. Futbolchi "Vest Xem" safiga erkin agent sifatida qo'shildi.
Nasri avvalroq Manuel Pellegrini qo'lostida o'ynagan. "Manchester Siti" tarkibida u ikki karra APL chempionligiga erishgan.