«Lokomotiv» futbolchilariga oltin medallar va «Kobalt» topshirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13861
Kecha poytaxtimizdagi muhtasham "Osiyo Grand" tantanalar zalida "Lokomotiv"ning chempion bo'lishida o'zlarining munosib hissalarini qo'shgan insonlar ajoyib tarzda taqdirlandi.
Unda o'zbek futbolidagi hurmatli insonlar, "Lokomotiv" futbol klubi futbolchilari va uning yaqinlari, xodimlari va yana ko'plab mehmonlar ishtirok etishdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan jamoaning 19 nafar futbolchisiga "Gentra" avtomobillari, murabbiylar shtabi a'zolariga "Gentra", "Cobalt", "Spark" avtomobillari sovg'a qilindi. O'zbekiston futbol federatsiyasi I-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov "Lokomotiv" futbolchilariga O'zbekiston chempionligi kubogini topshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!