"Real" "Yuventus" futbolchisi uchun 40 million berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109
Ham himoyada, ham yarim himoyada o'ynashga qodir "Yuventus" futbolchisi Andrea Kambyaso "Real Madrid"ning radarida. Transfer News Live nashrining Calciomercato nashriga tayanib xabar berishicha, madridliklar yaqin kelajakda Kambyazo uchun "keksa sinora"ga 40 million evro taklif qilishadi. Shu bilan birga, Turin klubi 24 yoshli futbolchini o'z safida saqlab qolmoqchi.
2023/2024 yilgi mavsumda Andrea "Yuventus" safida 24 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Yuventus" ayni damda A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!