Netuning narxi oshdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Vulverxempton"ning hujumkor yarim himoyachisi Pedru Netuga "Arsenal" va "Liverpul" kabi kuchli klublar qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, "bo'rilar" bu futbolchining transferidan yaxshigina pul ishlab olishni istamoqda. The Athletic xabariga ko'ra, "Vulverxempton" Netu uchun 80 million funt sterling (93,4 million evro) olishni istamoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda Pedru Netu 19 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda 23 yoshli portugaliyalik uchta gol va o'n bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Netu “Vulverxempton”da “Latsio”dan o'tganidan keyin 2019 yilning yozidan buyon o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!