Evropa ligasi. Abduqodir Husanov «Frayburg»ga qarshi bahsda 120 daqiqa o'ynadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Evropa ligasi 1/16 final bosqichi «Lans» klubi Germaniyada «Frayburg»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazdi. Dastlabki o'yinda hisob ochilmagandi.
Abduqodir Husanov mazkur o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Lansliklar uchun birinchi bo'lim juda yaxshi o'tdi. Jamoa David Koshta va Vai tomonidan urilgan gollar evaziga 2 ta to'p farqi bilan oldinga o'tib oldi.
Ammo mezbonlar futbolchisi Shallai 67-daqiqada birinchi javob to'pini kiritgan bo'lsa, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
Qo'shimcha bo'limlarda esa «Frayburg» g'alaba golini urib, nimchorak final bosqichiga yo'l oldi. «Lans» mazkur bosqichda o'z ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz o'yin oxiriga qadar maydonda harakat qildi.
Evropa ligasi, 1/16 final, javob o'yini
Frayburg Germaniya – Lans Frantsiya 3:2 (0:2, 2:0, 1:0)
Gollar: 0:1 – 28 David Koshta, 0:2 – 45 Vai, 1:2 – 67 Shallai, 2:2 – 90 Shallai, 3:2 – 99 Gregorich.
Frayburg – Atubolu, Kyubler (Gyunter, 101), Gulde (Ginter, 86), Sildiyya (Vaysxaupt, 46), Makengo (Gregorich, 46), Doan, Rel (Grifo, 86), Xefler, Eggeshtayn, Shallai (Musliya, 105), Xeler.
Lans – Samba, Gradi (Diuf, 103), Medina, Abduqodir Husanov, Chaves (Aydara, 80), Frankovski (Agilyar, 73), Abdul-Samed (Said, 103), David Koshta (Fyuljeni, 81), El-Enaui, Sotoka, Vai (Gilavogi, 74).
Ogohlantirishlar: Xeler (43), Kyubler (61), Frankovski (65), Sotoka (67), Fyuljeni (95), Medina (105), Said (120), Samba (120).
Dastlabki o'yin – 0:0