Deku: "Maradona kichikligimda mening kumirim edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
Evropada Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi bosqichining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tdi, “Napoli” o'z maydonida “Barselona”ni qabul qildi va durang natija qayd etdi.
"Barselona"ning sport direktori portugaliyalik Deku ham klub bilan Neapolga uchib ketdi va mahalliy jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
"Maradona - "Napoli" tarixidagi eng yaxshi futbolchi, kichikligimda u mening kumirim edi. Bu stadionda bo'lish juda yoqimli.
"Napoli" eng yaxshi damlarni boshdan kechirmayapti, lekin unda muhim o'yinchilar bor va murabbiyning o'zgarishi har doim jamoaga ma'lum kuch bag'ishlaydi", - deya Dekuning so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!