"Barselona" Xavi qo'l ostida evrokuboklardagi 23 ta o'yinda 8 marta g'alaba qozongan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10
Xavi qo'l ostidagi "Barselona" evrokuboklardagi o'yinlarining 35 foizida g'alaba qozongan.
Bugun "blaugrana" Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Napoli" bilan durang o'ynadi (1:1).
Ispaniyalik mutaxassis kataloniyaliklarni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida klub Chempionlar ligasida 6 g'alaba, 3 durang va 6 mag'lubiyat, Evropa ligasida esa 2 g'alaba, 4 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan.
Neapolliklar bilan javob o'yini 12 martga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!