21-asrdagi Milliy terma jamoamizning eng zo'ro'yinlari (1-qism)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7992
21-asrdagi Milliy terma jamoamizning eng zo'ro'yinlari (1-qism) O'zbekiston 3:1 Shimoliy Koreya Paxtakor stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv hammamizning yodimizda bo'lsa ajab emas. Jamoamiz avvaliga tezkor gol otkazib yuborib keyin o'yinga qaytishga muvaffaq bo'lgan edi. Sergeev, Geynrih, Ahmedovlar bittadan gol urib jamoamizni hal qiluvchi bosqichga olib chiqishgandi.Bu o'yining reytingimizdan joy olganining asosiy sababi stadiondagi muhit! Muxlislarning hayqiriqlari haligacha qulog'im ostida! Men ham o'sha uchrashuvda «Paxtakor» stadionida edim. «Paxtakor» baribir boshqacha arena! U erni boshqacha fayzi bor! O'zbekiston3 : 1 Saudiya Arabistoni 2015-yildagi Osiyo kubogi. 3-tur hal qiluvchi uchrashuv. Durrang raqiblarmizni keyingi bosiqchga olib chiqadi. Esladingiz-a?! Ana o'sha uchrashuv o'zining drammatik o'tgani bilan yodimizda qolgan. Avvaliga Rashidov hisobni ochadi, so'ng raqiblar hisobni tenglashtirishadi, o'yin tugashiga chamasi 20 daqiqalar qolgan bir paytda Shodiev boshi bilan darvozani ishg'ol qiladi. (O'shanda goldan song ko'z yoshlarini berkita omagan edi) So'nggi daqiqalarda esa qarshi hujumda Rashidov ajoyib zarba bilan darvozabonni ikkinchi marotaba dog'da qoldirgandi. Bu o'yinning yana bir muhim jihati shundaki, Osiyofutboliga Rashidovnimana shu o'yin tanitgan edi. O'zbekiston 3 : 2 Quvayt Mana buni xaqiqiy Gollivud senariysi desak bo'ladi. Yaqin o'tmishning 2005-yilida bo'lgan edi bu hodisa. 2006- yilda Germaniyada bo'lib o'tadigan Mundial saralashining oxirgi tur uchrashuvi edi. Raqiblarimizda 4 ochko, bizda esa 2 ochko bor edi.Tezkor 2 ta gol urgan Quvayt termasini yigitlarimiz ajoyib tarzda mag'lubiyatga uchratgandi. Avvaliga Jeparov, keyin Shatskix,oxirida har doimgidek «sehrli tayoqcha»- Soliev! Tarkibimiz ham o'sha paytlari kuchli edi Qosimov, Geynrih,Shatskix, … afsus o'sha paytlari bizda yaxshi murabbiy bo'lmagan… Aks holda o'sha tarkibimiz keyinchalik «Play off» o'yinlaridan bemalol o'tgan bo'larmidi?! Eron 0 : 1 O'zbekiston Afsuski, ohirida hech qanday foyda keltirmagan mashhur g'alabamiz tarixda qoldi. «Ozodi»stadionida, daxshatli atmosferada o'ynalgan o'yin qozonilgan g'alabaning qadriniham bir muncha oshiradi desak, adashmagan bo'lamiz. Ulug'bek Baqoevning g'alaba keltirgan golidan so'ng bizda JCh ga chiqish uchun juda qulay imkoniyat bor edi. Ammo, bu imkoniyatlarni keyinchalik ko'klarga sovurdik. Lekin «Ozodi» stadionidagi g'alabamiz futbolimiz tarixidagi eng katta g'alabalardan biri bo'lib qolaveradi… Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaevich