"MYu" o'z hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
Antoni Marsyal mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ni tark etadi.
Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, klub 28 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirish variantini faollashtirmaydi. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag kelajakda unga ishonmaydi.
Qayd etilishicha, shu kunga qadar hech bir klub Marsyalni qo'lga kiritish bo'yicha hech qanday taklif yubormagan. Katta ehtimol bilan frantsiyalik futbolchi iyun oyida “Manchester Yunayted”ni erkin agent sifatida tark etadi.
Yanvar oyidan buyon Marsyal paylaridagi muammolar tufayli operatsiya qilindi. Joriy mavsumda forvard 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!