Guti: "Menga "Real"ning "Galaktikos" davri yoqmagan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Guti "Real Madrid"ning "Galaktikos" davridagi muammolari haqida gapirdi.
"Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisining fikricha, 2000-2006 yillardagi bunday transferlar jamoani zaiflashtirgan. Ispaniyalik futbolchi Kilian Mbappening Madridga kelishi mumkinligi haqidagi savolga shunday javob berdi.
"Menga "Real"ning "Galaktikos"dagi davri yoqmasdi. Kamroq o'ynashimni, yomonroq o'ynashimizni bilardim.
"Galaktikos"ligimizda g'alaba qozonishimiz qiyin bo'lgan. Ko'pchilik oldinda yugurardi, biroq himoyaga qaytganlar kam edi" - dedi Guti El Chiringuito telekanalida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!