Indzagi: "Bizni Madridda yana bir qiyin o'yin kutib turibdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi uchrashuvida "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida gapirdi.
"O'yinimiz juda yaxshi o'tdi, chunki biz jismonan va texnik tomondan kuchli jamoaga duch keldik. Bu umuman oson emas edi. Endi bizni Madridda yana bir qiyin o'yin kutib turibdi. Biz yaxshiroq narsaga loyiq edik. Madridda to'la stadion "Atletiko"ni mag'lub etish qiyin bo'ladi, lekin birinchisida g'alaba qozonganimizdan keyin qarama-qarshilikning ikkinchi yarmiga eng yaxshi tarzda tayyorlanamiz.
Ushbu olti oyda biz juda yaxshi ishladik, lekin eng muhim oylar - mart va aprel. Yigitlar ham xuddi shunday ruhda davom etishlari kerak. Men ularning mashg'ulotlarini kuzatishni yaxshi ko'raman, lekin biz bilamizki, qiyinchiliklar keladi: shiddatli o'yinlar, charchoq. Ba'zi futbolchilar jarohat olishadi. Lekin biz hozirgidek ishlashda davom etishimiz kerak", - dedi Indzagi UEFA rasmiy saytiga.
Javob o'yini 13 mart kuni "Tsivitas Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.