Palinyaga 70 million evro narx belgilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Fulxem" yarim himoyachisi Joau Palinya yozgi transfer oynasida top-klubga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar qildi.
Manbaga ko'ra, londonliklar o'z yarim himoyachisidan kamida 70 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Ta'kidlanishicha, portugaliyalik futbolchining xizmatlariga eng katta qiziqishni "Bavariya", "Chelsi", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Arsenal" klublari ko'rsatmoqda.
Palinya 2022 yildan beri "Fulxem"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi jamoa safida barcha turnirlarda 28 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!