"Barselona" Germaniyadan 20 yoshli yarim himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Ispaniyaning “Barselona” klubi “Shtutgart”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Raul Paulaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Bild.
Manbaga ko'ra, Paula hozirgi vaqtda kam o'yin amaliyotidan norozi va "Barselona"ga o'tib, bolalikdagi orzusini amalga oshirmoqchi.
Paula "Boblingen" va "Shtutgart" tarbiyalanuvchisi. 20 yoshli futbolchi hali asosiy tarkibda maydonga tushmagan, biroq joriy mavsumda u ikkinchi jamoada 21 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bundan tashqari, Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 300 ming evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!