Sizlar bilan o'tgan yana bir yil uchun…
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23692
Sizlar bilan o'tgan yana bir yil uchun… Avvalambor, shuni mamnuniyat bilan e'tirof etamizki, o'tgan yana bir yil ko'plab quvonchli lahzalarni sizlar bilan birga o'tkazdik. Saytimiz xodimlari sizlardek qadrdon, sadoqatli muxlislari bilan faxrlanadi. Mana shu bir yil mobaynida yurakdan chiqqan fikrlar uchun, maqolalarga bildirilgan munosabatlar uchun, eng muximi biz bilan o'tkazgan vaqtingiz uchun tashakkur,saytimizning aziz muxlislari!
Siz kabi ashaddiy futbol muxlislari bor ekan, biz ishlashda davom etamiz. Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2019-yil bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Boshlanayotgan yil zafarlar bilan boshlanib, g'alabalarga ulansin va yil oxirigacha futbolimizda faqat o'sish va yuksalish kuzatilishini tilab qolamiz. Hamma muxlislarimizga oilaviy baxt va ko'ngil xotirjamligini yaratgandan so'rab qolamiz. Borligingiz uchun rahmat! Sizlar bilan o'tgan yana bir yil uchun tashakkur!