«Neftchi» klubidan transfer taqiqi olib tashlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi «Neftchi» klubidan transfer taqiqi olinganini ma'lum qildi. Farg'ona jamoasi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaning so'nggi yig'ilishdagi qaroriga sabab bo'lgan qarzlarni bartaraf etdi.
20 fevraldan boshlab «Neftchi» uchun futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish platformasi ochib berildi. Shu bilan birga klub oldiga O'zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan kelishuv shartlarini to'liq bajarish vazifa etib belgilandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!