Figurali uchishda yosh chegarasini kamaytirish masalasi ko'rib chiqiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
AQSh figurali uchish federatsiyasi juftlik uchishda yosh chegarasini kamaytirishni taklif qildi.
Ushbu masala 10-14 iyun kunlari Las-Vegasda bo'lib o'tadigan Xalqaro konkida uchish ittifoqi kongressida muhokama qilinadi.
RIA Novosti xabariga ko'ra, Amerika tomoni bu yo'nalishda yosh chegarasini 16 yoshgacha kamaytirishni taklif qilmoqda va buni ushbu turning o'ziga xos xususiyatlari bilan izohlaydi.
Qayd etilishicha, yosh chegarasining yuqori bo'lishi kattalar o'rtasidagi musobaqalar saviyasini sezilarli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ilgari kattalar o'rtasidagi turnirlarda ishtirokchilarning minimal yoshi 15 yosh bo'lgan bo'lsa, 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab u 17 yoshni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!