Turkmaniston OK-2019 ga boradigan tarkibni e'lon qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21334
OK-2019 guruh bosqichidagi raqibimiz Turkmaniston terma jamoasi musobaqaga boradigan tarkibni e'lon qildi.
Turkmanlar bosh murabbiyi Yazgeldi Xo'jageldiev tanlagan tarkibda O'zbekiston, Chexiya, Indoneziya va Qirg'iziston chempionatlarida to'p so'rayotgan futbolchilar bor.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma amoasi turkmanlar bilan 13 yanvar kuni o'ynaydi.
Darvozabonlar:
Mamed Orazmuxamedov («Altin Asir»), Batir Babaev («Axal»), Nikita Gorbunov («Shagadam»).
Himoyachilar: Zafar Babajanov, Mekan Saparov, Kurbangeldi Batirov, Serdar Annao'razov (hammasi – «Altin Asir»), Vezirgeldi Ilyosov, Guychmurad Annakuliev (ikkisi – «Axal»).
Yarimhimoyachilar:
Arslanmurad Amanov («Buxoro», O'zbekiston), Ruslan Mingazov («Prshibram», Chexiya), Ilya Tamurkin («Olg'a-Bishkek», Qirg'iziston), Ahmed Ataev («Persela Lamongan», Indoneziya), Serdar Geldiev, Resul Xo'jaev (ikkisi – «Altin Asir»), Dovran O'razaliev, Merdan Qurbanov, Murad Annaev (uchalasi – «Axal»).
Hujumchilar: Altimurad Annadurdiev, Vaxit Orazsaxedov, Mixail Titov, Murad Yakshiev (hammasi – «Altin Asir»), Sulaymon Muxadov («Axal»).