Yulduzlarning eng alamli xatolari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26427
Yulduzlarning eng alamli xatolari
Hech qaysi futbolchi xatolardan sug'urtalanmagan. Xatto yulduzlar ham. Bugun shunday alamli xatolarni amalga oshirgan mashhurlar haqida qisqacha…
Roberto Badjo – «Taqdir zarbasi»
1994-yildagi JChda Italiya termasi juda ham ishonchli o'yinlari bilan finalagacha etib borgan edi. Jamoaning asosiy yulduzi Roberto Badjo deyarli har o'yinda gol yoki asistni amalga oshirib, turnirning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga yaqqol da'vogar edi. Final o'yinida Brazilya Italiyaga tengma-teng qarshilik ko'rsatdi va o'yin penaltilar seriyasigacha cho'zildi. Brazilya o'zining 5-penaltisini amalga oshirdi va hisobda oldinga chiqib oldi. Badjo esa so'nggi nuqtada adashdi va Tifozilarning nafratiga uchradi. Afsuski, shu omadsizlik uni butun umr ta'qib qildi va iqtidorini shubha ostida qoldirdi
Stiven Jerard – «Essiz ketgan APL sovrini»
Brenden Rodjers shogirdlari APL tugashiga 2 tur qolganida turnir jadvalida peshqadam edilar. «Chelsi» jamoasi bilan o'yin. 1-taymining so'nggi daqiqalarida so'nggi himoyachi sifatida o'ynayotgan Jerarrd to'pni to'xtata olmaydi, etmaganiga sirpanib raqibiga oldirib qo'yadi. Dem Ba esa osonlik bilan hisobni ochadi. Ikkinchi bo'limda hujumga otilgan «Liverpul»ni «Chelsi»qarshi hujumda jazolaydi.
Jon Terri – «Moskvani yomon ko'raman»
2008 – yilda Moskvada bo'lib o'tgan finalni hamma eslasa kerak. 120 daqiqa durang bilan yakunlangan uchrashuv penaltilar seriyasiga ko'chadi. Ikkala jamoadan ham hech kim adashmaydi. 5-penaltini amalga oshirishga Ronalduning asablari dosh bermaydi. Chex to'pni qaytaradi. «Chelsi» agar penaltini amalga oshirishsa, bas - YChL g'olibi! Zarbani jamoaning sardori, «Chelsi» muxlislarining kumiri, shaxsan Jon Terriy berishi kerak edi. Jon zarba beradi, lekin sipranib to'pni osmonga qarata tepib yuboradi. Ruhan tushkunlikka tushib qolgan «Chelsi» «6-5» hisobida penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchraydi.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev