"Manchester Yunayted" "Bavariya" futbolchisi uchun 60 million berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Matteys de Ligt Angliya premer-ligasining top-klublaridan biriga o'tishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi bilan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag qiziqish bildirmoqda. “Bavariya” agar “qizil iblislar” futbolchi uchun 60 million evro to'lasa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Matteysning shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Bundesliganing joriy mavsumida de Ligt myunxenliklar safida 13 ta o'yin o'tkazdi. Himoyachi ikkita gol urdi va to'rtta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!