Pochettino: "Sanchesning qaytgani juda yaxshi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsum boshida birinchi raqamli bo'lgan kiper Robert Sanchesning jarohatidan so'ng jamoaning asosiy darvozaboni kim bo'lishini aytdi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi allaqachon tuzalib bo'lgan va “Manchester Siti” bilan navbatdagi o'yinda ishtirok etishga tayyor.
"Sanchesning qaytib kelgani juda yaxshi. Kelajakda kim birinchi raqamli bo'ladi? Siz hamma narsani o'zingiz ko'rasiz.
O'ylaymanki, menda ikkita o'yinchini tanlash imkoniyati bo'lsa, eng yaxshi vaziyatdamiz”, - dedi Pochettino matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!