Luis Enrike Mbappe o'rniga "Real" hujumchisini ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
Frantsiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Kilian Mbappe o'rniga futbolchi tanladi. 25 yoshli forvard yozda "Real"ga o'tadi.
Ispaniyalik mutaxassis huquqlari "qirollik" klubiga tegishli bo'lgan braziliyalik vinger Rodrigoni parijliklar jamoasiga taklif qilmoqchi. Potentsial kelishuv 100 million evroga teng bo'lishi mumkin.
Uning "Los-Blankos" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. La Liganing joriy mavsumida Rodrigo 24 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!