Jerrard Salohning "Liverpul"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Stiven Jerrard "mersisaydliklar" hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi haqida gapirdi.
"Menimcha, qaror uzoq vaqt oldin qabul qilingan. Saloh boshqa joyga boradi va u erda o'ynaydi. Balki Muhammad Saudiya Arabistoni chempionatida ishtirok etar. Umid qilamanki, "Liverpul" bu transferdan yaxshi pul oladi. Saloh Saudiya Arabistonida qirol bo'lishi mumkin", - dedi Jerrard.
Saloh "Liverpul"da 2017 yilning yozidan buyon o'ynamoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 65 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!