"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Todofichajes jurnalistlari xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Shartnoma yozgi transfer oynasida yakunlanishi mumkin. Kundening potentsial transferi 60 million evro bo'lishi mumkin. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 21 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!