Pochettino Gyustoning joriy mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'ng qanot himoyachisi Malo Gyustoning joriy mavsumdagi o'yinlari haqida fikr bildirdi.
“U juda yosh. Ris Jeyms jarohat olgani uchun Malo tez-tez o'ynaydi. Bu mavsumda hammamiz undan yaxshi narsalarni ko'rdik, lekin u o'zini yaxshilashi kerak. Bu jarayon biroz vaqt talab etadi”, dedi Pochettino matbuot anjumanida.
Kecha Gyusto "Chelsi"ga Konor Gallagerga uzatma bilan "Kristal Pelas" ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonishga yordam berdi. 20 yoshli Malo Premer-liganing joriy mavsumida 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!