Entso Fernandes mish-mishlarga nuqta qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.
Avvalroq, 23 yoshli argentinalik London jamoasining natijalaridan hafsalasi pir bo'lgani va "Barselona"ga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
“Men “Chelsi”da baxtliman, biz keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo'l olishni istaymiz. Bu mish-mishlar qaerdan chiqqanini bilmayman. Men bu ma'lumotni butunlay inkor etaman, bu soxta”, - deya Fernandesning so'zlarini keltiradi ESPN.
Entso Fernandes 2023 yilning yanvaridan buyon "Chelsi"da o'ynamoqda. Futbolchi 2023/24 yilgi mavsumda londonliklar safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.