Anchelotti: "Real"ning motivatsiyasi har doim yuqori"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Leyptsig”ga qarshi EChL 1/8 final dastlabki o'yini oldidan jamoasining holati haqida gapirdi.
"Real Madrid"ning motivatsiyasi har doim yuqori, chunki Chempionlar ligasi tarixdagi eng muhim turnirdir. Biz har doimgidek unda ham g'alaba uchun kurashamiz. "Real Madrid" so'nggi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va biz Chempionlar ligasida o'ynashdan rohatlanamiz.
Biz shiddatli futbolni targ'ib qiluvchi juda yuqori saviyali raqibga duch kelamiz. Biz tayyor bo'lishimiz va himoyada ham, hujumda ham eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!