Tuxel: «Germaniyada bu qoida yo'q ekanligi achinarli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Bayer"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:3) Bundesliga reglamentidan noroziligini bildirdi. Gollardan birini “dorichilar” myunxenliklar jamoasidan ijaraga olgan Yosip Stanishich kiritdi.
“Premer-liganing ajoyib qoidasi bor. Agar o'yinchini ijaraga bersangiz, u sizga qarshi o'ynay olmaydi. Bu haqiqatan ham muhim. Bu Germaniyada mavjud emasligi juda achinarli. Shu tufayli qiynaldik. Shunga qaramay, men Yosipni tabrikladim, chunki u hozir “Bayer”da o'ynayapti”, — dedi myunxenliklar bosh murabbiyi.
"Bayer" 55 ochko to'pladi va keyingi o'rindagi "Bavariya"dan 5 ochko oldinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!