Ten Xag bu mavsumdagi asosiy maqsad nima ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasining joriy mavsumdagi asosiy maqsadi haqida gapirdi. Niderlandiyalik murabbiy bor e'tiborini UEFA Chempionlar ligasiga yo'llashga qaratgan.
“Chempionlar ligasiga chiqish juda muhim, bu aniq. Buni tushuntirishga ham hojat yo'q. Ushbu turnir bilan klubda ko'proq moliyaviy imkoniyatlar mavjud. Bu bizning mavsumdagi asosiy maqsadimiz”, - dedi mutaxassis.
Angliya Premer-ligasining 23-turidan so'ng “Manchester Yunayted” 38 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. “Qizil iblislar” Chempionlar ligasi zonasidan 9 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!