Sautgeytdan Maynu haqida so'rashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynuning o'yini haqida fikr bildirdi.
Angliyada keng tarqalgan fikrga ko'ra, 18 yoshli futbolchi navbatdagi yig'in uchun terma jamoaga taklif qilishga loyiq.
"Maynu ajoyib o'ynamoqda, ammo men uning tayanch yarim himoyachi bo'lishiga ishonchim komil emas. Faoliyatining boshlanishi ajoyib bo'ldi va uning keyingi rivojlanishini kuzatish qiziq bo'ladi”, - dedi Sautgeyt ingliz OAVlariga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!