Samardjich ketadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Udineze" sport direktori Federiko Baldzaretti Lazar Samardjichning ketishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.
Yanvar oyida Italiya OAVlari serbiyalik futbolchining "Yuventus"ga o'tishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida xabar bergan edi. Endilikda "keksa sinora" tomonidan qiziqish haqidagi ma'lumotni "Udineze" ham tasdiqladi: "Yuventus" Samardjichga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Angliya Premer-ligasi va Germaniya Bundesligasi klublari unga da'vogarlik qilmoqda", - dedi Baldzaretti Tuttosport nashriga bergan intervyusida.
Transfermarkt ekspertlarining fikricha, Lazar Samardjichning narxi 20 million evroni tashkil qiladi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada “Udineze” safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.