Tedesko: "Qur'adan mamnunman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Millatlar ligasiga qur'a tashlash natijalariga baho berdi.
“Yomon yoki yaxshi juftliklarmi? Bu faqat sizning taxminlaringizga bog'liq. Shaxsan men qur'adan mamnunman.
Bu turnirda har doim kuchli raqiblar bo'ladi va biz buni bilardik. Bizda Evro-2024 dan keyin eng yaxshi jamoalarga qarshi o'ynash uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi.
Maqsadimiz raqib kim bo'lishidan qat'i nazar, g'alaba qozonish. Frantsiya terma jamoasi juda kuchli, bu jamoada, hattoki, zaxira o'rindig'ida ham yaxshi o'yinchilar ko'p.
Italiyaga kelsak, bu jamoa bilan bo'lajak o'yinlardan xursandman, chunki u erda mening oilam yashaydi. Bu men uchun alohida narsa", - deya Tedeskoning so'zlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasining 2024/2025 yilgi mavsumida Fransiya, Italiya va Isroil terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi.