Xau: "Nyukasl" Angliya kubogida yaxshi natija ko'rsatishiga ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau mavsumning ikkinchi yarmidan umidlari haqida gapirdi.
"Biz barqaror formaga qaytishga intilamiz. Hali ham ligani iloji boricha yuqori o'rinlarda yakunlashni xohlaymiz. Muvaffaqiyatga intilamiz, buni har kuni futbolchilarda ko'raman. Angliya kubogi biz uchun hamon real maqsad va bizni qiyin o'yin kutib turibdi, ammo men bu musobaqada yaxshi natija ko'rsata olishimizga baribir ishonaman", - dedi Xau.
23-turdan so'ng "Nyukasl" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!