"Barselona" Kimmix uchun kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix "Barselona"ga o'tmaydi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi "Manchester Yunayted" qo'liga o'tgan 29 yoshli yarim himoyachi uchun kurashdan chiqib ketgan. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" va "Tottenxem" Kimmixni kuzatishda davom etmoqda, biroq nemis futbolchisi Angliyaga ko'chib o'tishga qaror qilsa, katta ehtimol bilan u "Old Trafford"ga o'tadi.
Joriy mavsumda Kimmix barcha musobaqalarda 23ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining narxi 75 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!