Jiru qishda London klubiga rad javobini bergan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
“Milan” hujumchisi Olive Jiru Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin edi.
37 yoshli futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda - uning "rossonerilar" bilan shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi. Calciomercato xabariga ko'ra, forvard yanvarda Italiyani tark etishi mumkin edi: Londonning "Fulxem" klubi frantsiyalik futbolchiga kelasi mavsum oxirigacha shartnoma taklif qilgan, ammo rad javobi berilgan. Veteran Milanda qolishni tanladi va bu qarorga sabablardan biri joriy mavsumda Evropa Ligasida g'olib chiqish imkoniyati bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Olive Jiru avval Londonning boshqa klublari - "Arsenal" va "Chelsi"da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!