"Arsenal" muhim o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Londonning "Arsenal" jamoasi himoyachisi Ben Uayt bilan yangi shartnoma ustida ishlashda davom etmoqda.
Bu haqda HITC xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda. Uayt va "kanonirlar" o'rtasida yaqin vaqt ichida kelishuvga erishilishiga ishonch bor.
Futbolchining London top-klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali ekspertlari uning qiymatini 55 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Uayt barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!