Deku Mourinoning «Barsa»ga kelishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Barselona" sport direktori Deku "Roma"ning sobiq ustozi Joze Mourinoning Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqida gapirdi. Portugaliyalik funktsioner "Bolonya" ustozi Tyago Mottani ham tilga oldi.
"Mourino "Barselona"ga keladimi? Joze mening do'stim, lekin biz anchadan beri gaplashmadik. Tyago Motta? Men "Bolonya" o'yinlarini ko'p ko'rmadim, chunki biz doimo safarlar bilan bandmiz, men boshqa jamoalarni kuzatib boraman. U ajoyib natijalarga erishdi, biroq oramizda hech qanday aloqa yo'q", - deya Deku so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!