Mbappening ishtahasi karnay!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga bir qancha shartlarni qo'ydi.
El Larugero xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi yiliga 50 million evro maosh va 120 million evrolik shartnoma bonusi olishni istamoqda. Qayd etilishicha, hozircha Mbappe bunday shartlar bo'yicha shartnoma borasida kelishib ulgurmagan.
5 fevral kuni El Debate nashri forvard madridliklar klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolashi va soliqlardan keyin yiliga 32 million evro maosh olishi haqida xabar bergan edi. "Los Blankos" futbolchiga 100 million evro miqdorida shartnoma imzolaganlik uchun bonus to'laydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!