"Inter" sport direktori: "Napoli"ga Zelinski bilan muzokaralarni boshlaganimizni ma'lum qildik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Inter" sport direktori Juzeppe Marotta klub "Napoli" yarim himoyachisi Pyotr Zelinski bilan muzokaraga kirishganini aytdi.
29 yoshli polyakning neapolliklar bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga etadi, futbolchi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin.
"Biz "Napoli"ga Zelinskini erkin agent sifatida klubimizga o'tkazish bo'yicha muzokaralarni boshlaganimizni ma'lum qildik", - deya Marotta so'zlarini keltiradi DAZN.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “Inter” futbolchiga 2027 yilning iyun oyi oxirigacha yiliga 4,5 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!