Klopp «Barselona»ni boshqaradimi? Deku javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Barselona" sport direktori Deku Yurgen Klopp Kataloniya jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
26 yanvar kuni germaniyalik mutaxassis 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etishini malum qildi. Ikki kundan so'ng "Barselona" bosh murabbiyi Xavi ham mavsum oxirida o'z lavozimini tark etishini ma'lum qildi.
"Klopp - top-murabbiy, ammo menimcha, hozir uning tayinlanishi haqida gapirishning ayni vaqti emas. Bizda nomzodlar ko'p, ammo bu masala keyinroq muhokama qilinadi", - deya Deku so'zlarini keltiradi La Vanguardia.
Oldinroq Deku Xavining 2023/24 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin “Barselona”ni tark etishini e'lon qilishini kutmaganligini aytgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!