Lingard Koreyaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Manchester Yunayted"da to'p tepgan taniqli ingliz hujumchisi Jessi Lingard Janubiy Koreyaga yo'l oldi.
31 yoshli futbolchi faoliyatini "Seul"da davom ettiradi. Lingard o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Janubiy Koreyaga uchishdan oldin aeroportdan tushgan suratini joylashtirdi.
Sky Sports jurnalistlarining xabar berishicha, tajribali forvard Koreya klubi bilan ikki yillik mehnat shartnomasini bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan imzolaydi.
U erkin agentga aylanadi. Jessining so'nggi klubi "Nottingem Forest" bo'lib, futbolchi 2023 yilning yozida uni tark etgan. 20 uchrashuvda Lingard ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!