“Shalke 04”ning ahvoli og'ir
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Bir paytlar shon-shuhrat qozongan “Shalke 04” klubi uchun hozirda ishlar halokatli kechmoqda – jamoa ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi, lekin u erda ham mustahkam o'rnini topa olmadi va yanada pastga qulashi xavfi bor.
O'n to'qqiz turda yigirma ochko jamg'argan jamoa bor-yo'g'i ikki marta g'alaba qozondi va hozirda turnir jadvalida o'n beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Lekin asosiy muammo bu ham emas, “Shalke-04”ning katta qarzlarida. Germaniyaning Sky Sport nashri xabariga ko'ra, mavsum yakunida qarzlar tufayli «Shalke» litsenziyasidan mahrum etilishi va klub havaskorlar ligasiga o'tishi haqida haqiqiy xavf bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!