"Tottenxem" ikki futbolchining birini tanlashi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Londonning "Tottenxem" klubi yozgi transfer oynasida o'z safiga yangi vingerni taklif qilmoqchi.
Jurnalist Pol O’Kifning yozishicha, "shporlar" "Vulverxempton" futbolchisi Pedru Netu va "Barselona" futbolchisi Rafinya Diasni tanlashmoqda.
Ikkinchisi avval Angliyada "Lids" tarkibida o'ynagan. Avvalroq, "Barselona" Rafinyani shu yozda sotish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Netu, ehtimol, keyingi transfer bozorida mavjud bo'ladi. 27 yoshli Rafinya Ispaniya La Ligasining ushbu mavsumida 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 23 yoshli Netu joriy APLda 2 ta gol va 8 ta golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!