Arteta APL rekordini o'rnatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
4 fevral kuni "Arsenal" o'z maydonida "Liverpul"ni mag'lub etdi va chempionlik poygasida "mersisaydliklar" orasidagi farqni ikki ochkoga qisqartirdi.
Agar "Arsenal" bu mavsumda chempion bo'la olsa, bosh murabbiy Mikel Arteta Premer-liga tarixida qoladi.
Hozirda Premer-ligada g'olib chiqqan eng yosh murabbiy Joze Mourino bo'lib, u 2004/05 yilgi mavsumda "Chelsi" bilan 42 yoshu 94 kunligida g'alaba qozongan. Arteta 26 mart kuni 42 yoshga to'ladi va ispaniyalik murabbiy Mourinoning rekordini yangilash imkoniyatiga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!